Xitoyda dunyodagi eng uzun oynavand ko`prik qurildi

14:34, 31 may

Xitoyda dunyodagi eng uzun va eng baland oynavand ko`prikni qurish ishlari yakunlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Mazkur ko`prik Xunan provinsiyasidagi Chjanszyasze Milliy Bog`ida joylashgan. Ko`prikning uzunligi 393 metrni tashkil etadi. U er sathidan 300 metr balandlikda joylashgan.

Ko`prik bir vaqtning o`zida 800 kishini ko`tara oladi.

Ko`prikni qurish ishlari o`tgan yilning so`nggiga qadar tugatilishi rejalashtirilgan edi. Biroq uni qurish ishlari yaqinda tugallandi.

Shunday bo`lsa ham ko`prik hali foydalanishga topshirilmagan. Xitoydagi kuchli yomg`irlar sabab, uning ochilish marosimi iyul oyida bo`lib o`tishi kutilmoqda.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!