“Marixuana” savdosi bilan shug`ullangan jizzaxlik ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

15:01, 31 may

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ichki ishlar organlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Arnasoy tumanida yashovchi, 46 yoshli ayol bir kilogramm 105 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

U xolislar ishtirokida tekshirilganida cho`ntagidan 105 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!