«Aloqabank» filialining sobiq boshlig`i xodimlarning mukofoti uchun ajratilgan 15 million so`mni o`zlashtirib yubordi

15:03, 31 may

“Aloqabank”ning Farg`ona filiali sobiq boshlig`i Marat Chagaev bank xodimlarini mukofotlash uchun yo`naltirilishi kerak bo`lgan 15 milliondan ortiq so`mni o`zlashtirib yubordi.

Uz24 nashrining «Farg`ona haqiqati» gazetasiga tayanib xabar berishicha, 2012 yilda Chagaev va uning yordamchilari bosh hisobchi va uning o`rinbosari boshchiligida xodimlarning mukofotlanishi uchun mo`ljallangan 18 million so`mdan 6,8 million so`mni o`zlashtirib yubordi. 

2015 yilning birinchi yarim yilligida «Aloqabank» ishchilarining mukofotlash uchun 21,6 million so`m ajratilgan edi, shundan boshqaruvchi 10 million so`mini o`zlashtirdi. Bundan tashqari, Chagaev korporativ plastik kartadan o`z harajatlari uchun 500 ming so`mni sarflab yubordi.  

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi Chagaevga eng kam ish haqining 20 barobar miqdorida jarima qo`lladi hamda uni moddiy javobgarligi bor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etdi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!