Armanistonlik futbolchi Germaniyadan ketmoqchi

16:55, 31 may

“Borussiya” D yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda championat.com xabar bermoqda

Armanistonlik futbolchi 2017 yilgacha mo`ljallangan shartnomasini oxiriga etkazib, keyin klubdan ketmoqchi. Uning xizmatlariga “Chelsi” va “Arsenal” qiziqish bildirgan. 

27 yoshli pleymeyker yakuniga etgan mavsumda Bundesliganing 31 o`yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Germaniya chempionatida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!