Kasilyas Ispaniya termasining barcha davrlardagi ramziy jamoasini tuzdi

10:28, 01 iyun

“Real” klubining sobiq va ayni damda “Portu” jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya termasining barcha davrlardagi ramziy jamoasini tuzdi.

Tajribali posbonning ramziy termasidan quyidagi futbolchilar o`rin egalladi. 

Darvozabon: Arkonada;

Himoyachilar: Ramos, Puyol, Pike, Kamacho;

Yarim himoyachilar: Xavi, Yerro, Buskets, Inesta;

Hujumchilar: Raul, Vilya. 

Ma`lumot uchun, Kasilyas Ispaniya termasi safida ikki marta Evropa va bir marta Jahon chempioni bo`lgan. U Evro-2016 tarkibiga ham kiritildi.


Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!