Xonanda Bunyodbek Saidov Dilnoza Ismiyaminovadan xafa ekanligini bildirdi

12:29, 01 iyun

Xonanda Bunyodbek Saidov hamkasbi Dilnoza Ismiyaminova bilan “Gunda shu hol” deb nomlangan duet taronani ijro etgan edi. 

“Shov-shuv.uz” saytining xabar berishicha, xonanda va Dilnoza Ismiyaminova o`rtasida gap o`tgan. Buning sababini Bunyodbek Saidov quyidagicha izohlagan:

“Dilnoza Ismiyaminovadan xafaman! Konsert uchun ‘Gunda shu hol’ duetining davomini ijro etamiz, deb kelishgandik. Aslida bu qo`shiq uning taklifi bilan ijro etilayotgandi. Musiqa va matn tayyor bo`lganida, Dilnoza kasalligini aytib, studiyaga kelmadi. Aslida bu qo`shiq konsertning ‘fishka’si bo`ladi, deb umid qilgandik”.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!