Toshkentda quvvatlash uskunalari o`rnatilgan bekatlar soni ko`payadi

14:03, 01 iyun

Toshkentda mobil qurilmalari uchun quvvatlash uskunalari bilan ta`minlangan to`rtta bekatni qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Tashqi reklama bozorida jahonda etakchilaridan birining filiali hisoblangan JCDecaux UZ kompaniyasi iyunda Oloy bozori hududida to`rtta shunday bekat o`rnatishni mo`ljallagan.

O`zbekiston poytaxtida quvvatlash uskunasiga ega ilk bekat aprel oyida metroning «Oybek» stansiyasi yaqinida paydo bo`lgan edi. Yangi bekatlar nafaqat quvvatlash uskunalari, balki USB-portlar bilan ham ta`minlanadi.

«Biz jamoat transporti yo`lovchilari uchun sharoitlarni bir oz yaxshilaganimizdan mamnunmiz», — dedi JCDecaux UZ tijoriy direktori Sanjar Yo`ldoshev «Gazeta.uz»ga.

Kompaniya vakilining xabariga ko`ra, yangilikka hamma ham loyiq munosabat bildirgani yo`q. Bir safar «Oybek» metrosi yaqinidagi bekatga o`rnatilgan quvvatlash uskunasi tag-tugi bilan yulib ketilgan edi, uni almashtirishga to`g`ri keldi.

Shahar bekatlarida oynali panellarni buzish va reklama tasvirlariga shikast etkazish kabi holatlar kamdan-kam bo`lsa ham uchrab turadi, deya qayd etdi JCDecaux UZ vakili.

Bugungi kunda Toshkentda JCDecaux UZ shahar hokimiyati bilan shartnoma asosida o`rnatgan 193 bekat yo`lovchilarga xizmat ko`rsatmoqda. Ular uchun jihozlarning barchasi Fransiyada ishlab chiqarilgan bo`lib, bekatlar o`rnida yig`iladi xolos. Tez orada bu kabi bekatlar shaharda 200 donani tashkil etadi.

Poytaxtda jamoat transporti bekatlarining umumiy soni 1250 tadan ortadi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!