SamDU nomidan Alisher Navoiy ism-sharifi olib tashlandi

14:16, 01 iyun

Samarqand davlat universiteti nomidagi Alisher Navoiy ism-sharifi olib tashlandi. Endilikda u shunchaki «Samarqand davlat universiteti» deb ataladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Mazkur qaror Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti ochilishi munosabati bilan qabul qilindi. Yangi OTM Islom Karimovning 13 maydagi qarori bilan tashkil etildi.

SamDU tarixi 1927 yil Samarqandda O`zbek pedagogika instituti ochilishi bilan boshlangan. 1930 yilda u O`zbek davlat pedagogika akademiyasi deya qayta nomlangan. 1933 yilda esa akademiya va O`zbek davlat tibbiyot instituti bazasida O`zbek davlat universiteti tashkil etildi.

OTM sayti ma`lumotiga ko`ra, 1941-1944 yillarda O`zbek davlat universiteti vaqtinchalik Toshkent davlat universiteti bilan birlashgan. 1944 yildan universitet qaytadan Samarqanddagi faoliyatini yo`lga qo`ydi. 1960 yilda O`zbek davlat universiteti Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga aylantirilgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!