Xitoylik o`smir Dubayda tilanchilik qilish uchun samolyotning yuk tashish bo`limida uchdi

15:36, 01 iyun

Xitoylik Syuy familiyali o`smir samolyotning yuk tashish bo`limiga yashirincha kirib olib, Dubayda tilanchilik qilib, “boy” bo`lish uchun parvoz qilgan, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri. 

16 yoshli Syuyni samolyot Dubay aeroportiga qo`ngandan keyin polisiyachilar ushlab olgan. O`smir Emirates kompaniyasining A 380 havo kemasi yuk tashish bo`limida to`qqiz soat uchgan. U 25 may kuni aeroport devoridan sakrab o`tib, yashirincha samolyotning yuk tashish bo`limiga joylashib olgan. O`smirga nisbatan Arab Amirligidan deportasiya qilish va mamlakat hududiga qayta kirishni taqiqlash jazosi qo`llanishi mumkin. Syuyning gaplarini jurnalistlarga tarjima qilgan tarjimonning ma`lumot berishicha, Dubayda tilanchilar bir kunda ikki yarim ming dollargacha pul ishlab topishi mumkinligini eshitgan o`smir, noqonuniy ravishda bo`lsa ham Arab Amirliklariga parvoz qilishni afzal ko`rgan. U mamlakatda jinoyatchilarga ham insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishlariga ishonganligini aytgan.

“Umid qilamanki, xitoylik boshqa fuqarolar ortiq bunday mish-mishlarga ishonmaydilar. Arab Amirliklarida tilanchilarga nisbatan keskin choralar ko`rilib, jazolanmoqda”,— dedi Xitoyning Dubaydagi bosh elchisi Ma Syuylyan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!