Polisiyachilar kaltaklagan afroamerikalik 22 million dollar tovon puli undirdi

11:05, 02 iyun

AQShning Ist-Klivlend shahar sudi afroamerikalik Arnold Blekni kaltaklagan polisiyachilarga nisbatan jabrlanuvchiga 22 million dollar miqdorida tovon puli to`lashi lozimligi haqida hukm chiqardi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea 2012 yilda ro`y bergan. 48 yoshli Blek boshqarib ketayotgan avtomashinani ikki polisiyachi to`xtatgan. Ular atomashinada giyohvand moddasi borligini gumon qilib, Blekning qo`liga kishan solishgan. Blekning aytishicha, polisiyachilar mast holatda bo`lgan, ulardan biri hech bir sababsiz Blekning boshiga bir necha marotaba rezina dubinka bilan urgan. Shundan keyin uni polisiya mahkamasiga olib borib, qo`shimcha xonalardan biriga qamab qo`yishgan. Blek u erda suvsiz, ovqatsiz to`rt kun mobaynida saqlangan. Polisiyachilar undan giyohvand modda topa olishmagan.

Ozodlikka chiqqan Arnold Blek Ist-Klivlend sudiga tovon puli to`lash to`g`risida da`vo arizasi kiritgan. Boshidan egan kaltak tufayli u xotirasini yo`qotib, miyasini operasiya qildirgan. Polisiyachilar ishdan bo`shatilgan. Ist-Klivlend shahar ma`muriyati chiqarilgan hukmdan norozi bo`lgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!