Toshkentning Sirg`ali tumanida yangi madaniyat va istirohat bog`i ochiladi (FOTO)

11:14, 02 iyun

10 iyun kuni Sirg`ali tumanining Sputnik mavzesida joylashgan sobiq Usmon Nosir nomli madaniyat va istirohat bog`i o`rnida “Green Park” deb ataluvchi yangi bog` ishga tushadi, deb xabar beradi “Uz24.uz” nashri.

Madaniyat va istirohat bog`ining umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etib, u erga Evropada ishlab chiqarilgan 16 ta yangi attraksion o`rnatilgan. Attraksionda uchish narxi 1000 so`mdan 4000 so`mgacha deb belgilangan.  

Madaniyat va istirohat bog`ining boshqa bir qismida sun`iy suv havzasi ham qurilgan bo`lib, u erda qurilish ishlari tugallanmaganligi bois, hozircha tashrif buyuruvchilar qabul qilinmaydi. 

Bog` bundan sakkiz yil ilgari yopilganiga qaramay, ekilgan dov-daraxtlar saqlanib qolgan. Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish va xavfsizligini ta`minlash maqsadida videokuzatuv, maxsus kartalardan xaridni amalga oshirish tizimlari o`rnatilgan. 

Hozirda madaniyat va istirohat bog`ida ochilish oldidan so`nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!