Amerikalik pensioner adashib, maktabdan birovning bolasini olib ketdi

12:21, 02 iyun

AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi pensioner adashib, nevarasining o`rniga maktabdan begona bolani olib ketgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Erkak va uning rafiqasi uyga etib borgandan keyingina bola o`zlarining nevarasi emasligini bilishgan, deb ma`lumot bergan KPLC 7 telekanali.

Shahar polisiya bo`limi xodimlarining ma`lum qilishicha, 65 yoshli Jozef Fuller (Joseph Fuller) rafiqasi bilan nevarasini olib ketish uchun avtomashinada maktabga kelgan. Erkak mashinadan tushib, o`quvchilardan birini quchoqlab, bag`riga bosgan va uni olib ketishga kelganligini bildirgan.

Mashinaga mingan bola o`qituvchisiga erkak haqiqatan ham uning buvasi ekanligini tasdiqlagan. Fuller maktabdan bolani olib ketish huquqiga ega bo`lgan odamlar ro`yxatiga kiritilgani bois o`qituvchi uning bolani olib ketishiga qarshilik qilmagan. Uning rafiqasi ham orqaga o`girilib, bolaga qaramay, ovqatlanish uchun tushligini uzatgan va uyga qaytishgan. Ular uyga etib kelgandan keyingina ayol begona bolani olib kelishganini bilib qolgan. Shundan keyin Fuller bolani maktabga qaytarib olib kelgan, bu erda uni onasi kutib turgan. 

Bu voqeadan keyin maktab ma`muriyati bolalardan ularni olib ketayotgan odamning shaxsini tasdiqlashni, xodimlar esa maktabdan qaytayotgan har bir o`quvchini ikki marotabadan tekshiruvdan o`tkazishni yo`lga qo`ygan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!