O`zbekistonlik futbol mutaxassisi OFKning 47 ta davlati bo`yicha hakamlar maslaxatchisiga aylandi

12:51, 02 iyun

OFK nazoratchisi, shuningdek OFK hamda FIFA instruktori hisoblangan o`zbekistonlik Farhod Abdullaev Osiyo Futbol Konfederasiyasi taklifiga ko`ra qit`aning 47ta mamlakatida hakamlar maslaxatchsi sifatida ish boshladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

Yangi loyihaga ko`ra, Farhod Abdullaev hakamlar departamenti hamda qo`mitalari ishini yaxshilash ishlariga ko`maklashadi, shuningdek hakamlik bilan bog`liq boshqa masalalarda mahalliy hakamlar va nazoratchilarga yordam beradi.

Ma`lumot uchun, Farhod Abdullaev ayni kunlarda Malyziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida ilk bor tashkil etilayotgan hakamlar ekspertlari seminarida ishtirok etmoqda. Osiyo Futbol Konfederasiyasi tashabbusiga ko`ra, ilk bor tashkil etilayotgan seminarda 17 nafar hakamlar nazoratchilari ishtirok etishdi. Ushbu seminarda, qit`ada hakamlar saviyasini oshirish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, hakamlar va nazoratchilar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar ishlab chiqildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!