Norvegiyalik opa-singillar noodatiy soch o`rishlari bilan mashhur bo`ldi (foto)

12:55, 02 iyun

Norvegiyalik opa-singillar turli xil ko`rinishda, mohirona soch o`rimlari bilan Instagram foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Opa-singillarning ijtimoiy tarmoqda akkauntlari bo`lib, ular har bir soch turmagi rasmini joylashtirishadi.

24 yoshli Linda va 14 yoshli Miya Sonvis Bekning umumiy akkauntida 206 ming kishi mavjud. Ular bu sahifani 2014 yilda yaratishgan. Lindaning aytishicha, bunday soch turmaklarini yaratishni ular singlisi bilan bundan besh yil ilgari YouTube da mavjud bo`lgan turli soch turmaklarini yaratish aks ettirilgan videoroliklaridan o`rganishgan.

Hozirda opa-singillarning xususiy YouTube kanali mavjud bo`lib, ular bu erda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga soch turmaklash usullarini o`rgatish haqidagi videoroliklarni joylashtirib borishadi. Eng qiyin soch turmagi uchun ular bir soat vaqt sarflashadi va gullar, dengiz chig`anoqlari, tasmalardan turlicha bezaklar berishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!