Bo`zsuv anhoriga 17 yoshli o`smir cho`kib ketdi

14:34, 02 iyun

Tez harakat qilish respublika ko`p tarmoqli markazi qutqaruvchi-g`avvoslari uchinchi kundirki Bo`zsuv anhorida cho`kib ketgan o`smir jasadini qidirmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Toshkent kollejlaridan birida tahsil oluvchi 17 yoshli o`smir seshanba kuni besh nafar do`sti bilan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasidagi anhorda cho`milishga qaror qiladi.

Do`stlar anhorga qariyb bir vaqtda sakraydi, vafot etgan esa oxirgi bo`lib suvga tushadi va bir lahza suvda ko`rinib, so`ngra yo`qoladi.

Barchasi uning do`stlari ko`z o`ngida sodir bo`ladi, qo`rquv yoki sarosima sababli ular sherigiga yordam berishga shoshilmaydi. Aksincha, qirg`oqqa qaytib, buyumlarini yig`ishtiradi va yashirinishadi.

Bu haqda vafot etgan o`smirning qarindoshi so`zlab berdi. Uning so`zlariga ko`ra, o`smirning ota-onasiga qirg`oqdagi qarovsiz buyumlarni uchratib qolgan o`tkinchi qiz ular orasidagi o`smirning telefonidan ma`lum qiladi. Oradan bir fursat o`tib o`smirning do`stlaridan biri qaytib, sodir bo`lganlar to`g`risida ota-onasiga so`zlab beradi.

Uch kun mobaynida g`avvoslar voqea sodir bo`lgan joydan bir kilometrgacha masofada anhorning tubi va qirg`oqlarini tekshirib chiqishdi, ammo jasad haligacha topilgani yo`q. G`avvoslar ishini suvning to`laligi va tezoqar ekani qiyinlashtirmoqda.

Qidiruv ishlari ham qirg`oqdan, ham qutqaruv qayiqlari orqali amalga oshirilayapti. Anhor tubi metrma-metr qidirilayotgan bo`lsa-da urinishlar hamon besamar ketmoqda. 

Qutqaruv ishlarida vafot etgan o`smirning qarindoshlari ham ishtirok etmoqda. Ular cho`kib ketganning tez orada topilishi va munosib dafn etilishidan umid bildirishmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!