Rayhonning Sardor Rahimxonga suv sepishi aks etgan video internetda “xit” bo`ldi(Video)

15:21, 02 iyun

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`ziga xos videorolik joylashtirdi. Mazkur videorolik 4 soat ichida 10 ming marta tomosha qilindi. 

Unda Rayhon G`anievaning gullarga suv quyayotgani aks etgan. Shu paytda deraza yonida Rayhonning hamkasbi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon o`tib qoladi. Rayhon esa unga suv sepib yuborganidan biroz xijolat bo`ladi...

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur videorolik  MY5  telekanalining yangi mavsumi uchun suratga olingan.  Telekanalning yoz mavsumidagi shiori: “Bizda yoz—beqiyos”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!