Stallone qizlarini gulga, o`zini begona o`tga qiyosladi

16:39, 02 iyun

Gollivud aktyori Silvester Stallone Instagram sahifasiga o`zi va uch qizi bilan tushgan suratini joylashtirib, uni “Uch atirgul va alaf” deb izohladi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ijtimoiy tarmoqqa 69 yoshli Silvester Stallone qizlari Skarlett (14 yosh), Sofiya (20 yosh) va Sistin (18 yosh) lar bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirgan. Bu suratga 52 mingta layk qo`yilgan. Muhokamaga kirishgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qizlarni “Remboning atirgullari” deb atashgan.

Stallonening Instagram akkauntida 1,1 million nafar kuzatuvchi mavjud.

Sofiya, Sistin va Skarlett — aktyorning o`zidan 22 yosh kichkina, model Jeniffer Flavin bilan bo`lgan nikohidan tug`ilgan. Ular 1997 yilda turmush qurishgan. Uning birinchi xotini, aktrisa Sasha Zakdan ikki o`g`li bor. Ikkinchi xotini daniyalik model Brigitta Nilsendan farzand ko`rmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!