O`zbekistonlik Sabina Musaeva Qozonda o`tkazilgan go`zallik tanlovida g`olib bo`ldi

09:50, 03 iyun

Qozon federal universitetining o`zbekistonlik talabasi Sabina Musaeva “Dunyo durdonasi - 2016” tanlovida qatnashib, g`olib bo`ldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.  

Sabina Musaeva mazkur go`zallik va iqtidor tanlovining g`oliblik tojidan tashqari, “Ilhom go`zali” nomiga ham sazovor bo`ldi.

Tanlovning final bosqichi Qozon shahrida o`tkazildi va unda dunyoning 30 mamlakatidan vakilalar ishtirok etdi.

Ikkinchi o`rin Qozon texnika universiteti talabasi Angelina Gubanova (Rossiya)ga, uchinchi o`rin Qozon federal universiteti talabasi Do Nyung (Vetnam)ga nasib etdi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!