O`zbekiston termasi qatorasiga uchinchi oy FIFA reytingida 66-o`rinda bormoqda

13:55, 03 iyun

FIFA may oyi uchun terma jamoalarning reyting o`rinlarini e`lon qildi. Milliy terma jamoamiz ushbu reytingda o`tgan oydagi kabi 66-o`rinda qoldi. Ayni paytda terma jamoamiz hisobida 544 ochko bor. Osiyoda O`zbekiston hamon 6-o`rinda bormoqda.

Qit`ada Eron birinchi, Janubiy Koreya ikkinchi, Yaponiya esa uchinchi o`rinni band etgan. Dunyo terma jamoalari reytingini Argentina terma jamoasi boshqarib bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!