Nargiza Zokirova 20 yillik turmushdan so`ng eri bilan ajrashishga qaror qildi

14:38, 03 iyun

Xonanda Nargiz Zokirova 20 yillik turmushdan so`ng eridan ajrashishga qaror qildi, deb xabar berdi “7days.ru” nashri.

Xonanda Nargiz Zokirova italyan millatiga mansub eri Filipp Balzano bilan ajrashayotganligini ommaga oshkor qildi. Ular 20 yil birga yashashgan, Sabina, Auel, Leyla ismli uch farzandlari bor. Yaqinda to`ng`ich qizlari Sabina ularga nevara hadya qildi. Ammo ancha yildan beri janjalga sabab bo`layotgan moliyaviy mojarolar tufayli juftlik ajrashishga qaror qildi. Xonanda nikohni bekor qilish uchun nikoh qayd etilgan Nyu-York shahar nikohni qayd etish bo`limiga ariza topshirgan.

Nargiz Zokirova o`zining mikroblogida eri Filippning 40 ming dollar talab qilib yozgan xati skrinshotini ko`rsatgan.

“Talab qilayotgan pulimni hisobimga o`tkazishing uchun juma, kechki soat beshgacha vaqting bor. Men o`tkazilish kerak bo`lgan pul miqdorini yana bir marta tekshirib ko`rdim, u erga hech qachon oxiri ko`rinmaydigan uy ta`miri va matnlar uchun gonorarimni qo`shmadim”, deb yozadi Filipp.

Nargiz Zokirova yaqingacha bergan intervyularida oilani saqlash, baxtli oila haqida boshqalarga maslahat bergandi. Filippning ovozini ilk marotaba eshitgandayoq uni yoqtirib qolganligini, eri bilan u qo`shiq aytadigan restoranda tanishib qolganligini to`lqinlanib gapirgandi. Yaqin do`stlarining aytishicha, bu muhabbat 20 yil davomida ham so`nmagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!