AQShning Arizona shtatiga asteroid tushdi(Video)

15:08, 03 iyun

AQShning Arizona shtatiga tushgan uncha katta bo`lmagan asteroid videoga olindi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Videokamera yozuvi orqali tunggi osmonni bir necha lahzaga yoritgan yorqin chaqnashni ko`rish mumkin. NASA bergan ma`lumotga ko`ra, bu asteroidning diametri 1-2 metr bo`lib, og`irligi bir necha tonnani tashkil etadi. U Arizona ustidagi Er atmosferasiga 2 iyun kuni, mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da kirgan. Asteroidning atmosferaga kirgan vaqtda tezligi soatiga 64 ming kilometr bo`lgan. Uning kinetik quvvati 10 kilotonnani tashkil qilib, Chelyabinskka tushgan meteoritdan 40 barobar kuchsizdir. 

Oxirgi marotaba asteroidni Tonto shahridagi Milliy bog` ustidan 35 kilometr balandlikda ko`rishgan va u ko`zdan yo`qolgan.

Asteroid tushishi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, vayronalar to`g`risida ham ma`lumot yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!