Nigora: “Oybek bilan oila qurish xayolimga ham kelmagan, chunki...”

15:38, 03 iyun

O`zbek shou-biznesidagi ko`zga ko`ringan duetlardan biri Oybek va Nigora juftligi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Bu ikki xonanda o`z yo`llarini nafaqat san`atda, balki shaxsiy hayotda ham bog`lashga qaror qildi. Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda Oybek va Nigora farzand kutmoqda. 

Nigora “7X7” gazetasi bilan suhbatda Oybek bilan turmush qurishi tarixini so`zlab berdi:

“Oybek bilan oila qurish xayolimga ham kelmagandi, chunki biror marta ham bir-birimzga sevgi izhor qilmaganmiz. Unga bo`lgan muhabbatimni hammadan, hatto opa-singillarimdan ham sir saqlaganman. Bir kuni qaynonam tugun ko`tarib, ‘Qulchilikka keldik’, deganlarida Oybek oila qurishga ahd qilganini tushundim”. 

“Oybek aka, deyishga ko`nikolmayapman. Umuman, turmush o`rtog`iga ‘aka’ deb murojaat qilishlarini yoqtirmayman. Nasib qilsa, farzandli bo`lsak, ‘adasi’ deb chaqiraman”, — deydi Nigora so`zlarini davom ettirar ekan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!