O`zbekistonning ayrim hududlarida zilzila yuz berdi

16:21, 03 iyun

3 iyun kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat 00:17 da O`zbekistonning sharqiy hududida 4,3 magnitudali zilzila kuzatildi.

Evropa O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila epimarkazi Farg`onadan 14 km, Yangi Marg`ilon shaharchasidan 8 km va Toshkentdan 224 km uzoqlikda joylashdi.

“Toshkent” seysmomarkazi ma`lumoti bo`yicha erosti silkinishi Farg`ona vodiysi shaharlarida 3 ballni, poytaxtda 1,5 ballni tashkil etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!