Alisher Usmonov dunyoning eng boy kishilari ro`yxatiga kiritildi

17:01, 03 iyun

Bloomberg nashrining taxminiga ko`ra, dunyoning eng boy odamlari ro`yxatiga 15 nafar rossiyalik fuqaro kiritildi, deb xabar qildi “Novayagazeta.ru” nashri.

Ro`yxatning eng yuqori qismini rossiyalik, “Interros” xoldingi rahbari va bosh direktori Vladimir Potanin egallagan. U umumiy ro`yxatdan 56 o`rinni egallagan va boyligi 14,7 milliard dollar deb baholangan. 

Bu ro`yxatga yana Leonid Mixelson, Viktor Vekselberg, Aleksey Mordashov, Mixail Fridman, Roman Abramovich, Alisher Usmanov, Dmitriy Rbolovlev, Mixail Proxorov, Vladimir Lisin, German Xan, Gennadiy Timchenko, Vagit Alekperov, Andrey Melnichenko va Sergey Galiskiylar ham kiritilgan.

Agentlikning ta`kidlashicha, NOVATEK kompaniyasi rahbari Gennadiy Timchenkoning daromadi juda tezlikda ko`tarilib bormoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, u yil boshidan beri 8,6 milliard dollar ishlab topgan. Umumiy hisobda 15 nafar rossiyalik milliarderning hisobida 156,5 milliard dollar mavjud.

Ro`yxatdan dunyo bo`yicha 200 nafar milliarder o`rin olgan. Bu ro`yxatda Microsoft ning asoschisi Bill Geyts etakchilik qilmoqda. Agentlik uning boyligini 85,6 milliard dollar deb baholagan.

Forbes jurnali aprel oyida Rossiyaning eng boy 200 nafar tadbirkori ro`yxatini e`lon qilganda, unda NOVATEK aksioneri Leonid Mixelson birinchilikni egallab, uning boyligi 14,4 milliard dollar, “Alfa-Grupp” rahbari Mixail Fridman ikkinchi o`rinda boyligi 13,3 milliard dollar, Alisher Usmonov uchinchi o`rinni egallab, boyligi 12,5 milliard dollar deb baholangan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!