Bokschi Muhammad Ali vafot etdi

12:04, 04 iyun

Amerikalik sobiq bokschi Muhammad Ali 3 iyun kuni, 74 yoshda, AQShning Arizona shtatidagi Finiks shahar kasalxonalaridan birida vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

3 iyun kuni Muhammad Alining og`ir ahvoldaligi ma`lum bo`ldi. Vrachlar sportchining tuzalib ketishi haqida hech nima deyishmagan. OAVdan olingan ma`lumotga ko`ra bokschi sun`iy apparat orqali nafas olgan. So`nggi daqiqalargacha oilasi uning yonida bo`lgan. Muhammad Ali 1 iyun kuni o`pkasidagi muammo tufayli kasalxonaga yotqizilgan, Parkinson kasalligi uning ahvolini battar og`irlashtirgan. Shundan keyin u maxsus  intensiv terapiya palatasiga o`tkazilgan.

Muhammad Ali oxirgi marta aprel oyida Arizona shtatida o`tkazilgan xayriya kechasida omma bilan uchrashgan edi.

Muhammad Ali (haqiqiy ismi — Kassius Marsellus Kley) 1942 yilning 17 yanvarida Luisvillda dunyoga kelgan. U 12 yoshdan boshlab, boks bilan jiddiy shug`ullana boshlagan. Muhammad Alining ilk debyuti 1960 yil 29 oktyabrda bo`lib o`tgan. Sportchi og`ir vazn toifasida 61 marotaba jang qilib, 56 marta g`alaba qozongan (shundan 37 ta jang nokaut bilan yakunlangan).

Muhammad Ali — dunyoning eng mashhur bokschilaridan biri hisoblanadi. U 1960 yildan boshlab olimpiada chempioni,  1964-1966, 1974-1978 yillarda og`ir vazn toifasida mutlaq chempion bo`lgan. Besh marotaba “Yilning eng yaxshi bokschisi” unvoniga loyiq deb topilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!