Germaniyada o`tkazilgan rok-festivalda 42 kishini chaqmoq urdi

12:08, 04 iyun

Germaniyada o`tkazilgan Rock am Ring rok-festivali o`tkazilish jarayonida chaqmoq urishi oqibatida 42 kishi jabrlangan, shundan 8 kishi kasalxonaga olib ketilgan, 1 kishi og`ir ahvolda jonlantirish bo`limiga yotqizilgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea 3 iyun kuni, Germaniyaning Mending shahrida o`tkazilayotgan konsert paytida ro`y bergan. Voqea joyiga huquq-tartibot idorasi, yong`in xavfsizlik bo`limi, nemis Qizil xoch jamiyati xodimlari etib kelishgan. 

Konsert vaqtincha to`xtatilgan, ammo bir yarim soatlardan keyin yana davom etgan. Bu festivalda 90 ming kishi ishtirok etgan.

Rock am Ring — dunyoning eng katta va mashhur rok-festivali bo`lib, 1985 yilda beri Germaniyada har yili iyun oyining birinchi dam olish kunidan boshlanib, to`rt kun mobaynida davom etadi. Festival tashkil eitlgan beri unda Erik Klepton, Bob Dilan, The Who, AC/DC, Deep Purple, Scorpions, Dio, Van Halen, Rolling Stones, Ozzi Osborn kabi mashhurlar qatnashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!