“Real” Neymarning hiylasini sezib qoldi

12:12, 04 iyun

“Barselona” hujumchisi Neymar o`z faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkinligi haqida Cadena Cope radiosi xabar tarqatdi

Ma`lumotlarga ko`ra, 24 yoshli futbolchining agentlaridan biri mijozining xizmatlarini “Qirollik klubi”ga taklif qildi va transfer qiymati 192 mln evro bo`lishini ma`um qildi. 

O`z navbatida “Real” ushbu taklifga ehtiyotkorlik va shubha bilan qaramoqda. Madridliklar rahbariyati Neymarning ushbu xatti-harakatlarini hiyla sifatida qabul qilmoqda. Ya`ni, bu yo`l orqali Neymar “Barselona” bilan uzaytiradigan shartnomasidan ko`proq pul ishlab olmoqchi. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!