Britaniyalik pasportdagi suratida Gitlerga o`xshab qolganini ko`rib, qayta pasport olishni so`radi

12:19, 04 iyun

Britaniyaning Solford shahrida yashovchi Styuart Boyd yangi pasport olgach, suratda Adolf Gitlerga o`xshab qolganini ko`rdi. U pasportdagi suratini Facebook sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Erkak 50 yoshga to`lgandan keyin pasportini almashtirgan. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olgach, muvaffaqiyatsiz ravishda suratga tushirish natijasida, soqoli qirtishlab olingan yuziga mo`ylovga o`xshagan qora dog` tushib, Adolf Gitlerga o`xshab qolganini sezgan. Shundan keyin u pasport xizmatiga qayta pasport olishni so`rab, ariza bilan murojaat qilgan. Pasport xizmati xodimi uzr so`rab, hujjatni qaytarishni, qayta pasport olish bepul bo`lishini tushuntirgan. Agar pasport xizmati hujjatni qaytarib olmaganda, Styuart Boyd “fyurer” qiyofasida yana o`n yil yashashga majbur bo`lardi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!