Ruhiy test: Dangasalikni enga olasizmi?

14:04, 04 iyun

Nega ayrim kishilarga doim omad kulib boqadi? Muvaffaqiya cho`qqisini zabt etishadi? Chunki ular doim izlanishda, hamisha harakatda! Siz-chi? Hafsalasizlik, yalqovlik domiga tushganmisiz yoki mehnatdan qochmaydiganlar toifasiga kirasizmi? Marhamat, testimizni ishlab, o`zingizga baho bering. 
 

1. Ertalab ko`zlaringizni ochishingiz bilan o`rningizdan turasizmi yoki yana birpas mizg`ib olamizmi? 
A. «Odatda, telefonimning uyg`otgichi jiringlashi bilan uyg`onaman» — 1 ball. 
B. «Yana birpas uxlab olmasam bo`lmaydi» — 3 ball. 
S. «Agar hali vaqtli bo`lsa, biroz xayol surib yotishim mumkin» — 2 ball.  

2. Rahbaringiz ma`lum bir vaqtda bajariladigan vazifani topshirsa, siz...
A. «Reja asosida ishlayman» — 2 ball. 
B. «Topshiriqni vaqtidan oldin bajarib, dam olishga vaqt qolishiga harakat qilaman» — 1 ball. 
S. «Ko`pincha qo`lim ishga bormay, ancha kun bekor yuraman-da, keyin kechasi bilan ishlayman» — 3  ball.

3. Ishga belgilangan vaqtdan kech qolib borasizmi?
A. «Ha, har zamon uxlab qolishim mumkin» — 2 ball.
B. «Odatda vaqtida boraman» — 1 ball.
S. «Bunaqa hol har ikki kunning birida sodir bo`ladi» — 3 ball.

4. Bugungi ishni ertaga qoldirgan paytlaringiz bo`lganmi?
A. «To`g`risi, har doim shunaqa bo`ladi» — 3 ball.
B. «Hammasiga vaqtida ulgurishga harakat qilaman» — 1 ball. 
S. «Gohida, juda holdan toyganimda» — 2 ball. 

5. Biror ishga ulgurmaganingizda hamkasblaringizdan yordam so`raysizmi? 
A. «Yo`q, bu prisiplarimga xos emas» — 1 ball.
B. «Kam-kamdan hollarda, haybarakallachilik bo`lganda xolos» — 2 ball. 
S. «Albatta, ular juda yaxshi odamlar, yo`q deyishmaydi» — 3 ball.  

6. Marraga etmasdan ortga qaytgan paytlaringiz bo`lganmi? 
A. «Juda charchaganimda shunaqa bo`ladi» — 2 ball. 
B. «Qiziqishim so`nganida hammasiga qo`l siltaganman»  — 3 ball. 
S. «Men kirishdimimi, boshlagan ishimni oxiriga etkazmay qo`ymayman» — 1 ball.  

7. Kundalik rejimga rioya qilasizmi (taomlanish, uyqu va hakoza)? 
A. «Yo`q, menga rejim shartmas» — 3 ball. 
B. «Qat`iy rejimim yo`q, faqat ma`lum bir qoidalarga amal qilaman, masalan ishga borib-kelish tartibiga» — 2 ball. 
S. «Ha, o`z tartiblarim bor» — 1 ball. 

8. Idish-tovqolarni yuvuqsiz ertalabgacha qoldirishingiz mumkinmi? 
A. «Hech qachon» — 1 ball. 
B. «Kamdan-kam hollarda» — 2 ball. 
S. «Deyarli har kuni» — 3 ball. 

9. Siz qaysi mansubsiz: oqimg bo`ylab suzasizmi yoki faol harakatlanuvchimisiz? 
A. «Oqim bo`ylab suzish yomonmas, ko`pchilik faylasuflarning hayoti bunga misol» — 3 ball. 
B. «Inson ba`zida hayotiy tamoyillarini o`zgartirib turishi kerak» — 2 ball. 
S. «Harakatda barakat» — 1 ball. 

10. Uyingiz yoki ish stolingizni haftasiga necha marotaba tozalaysiz?
A. «Haftasiga 1-2 marta, hamma joy toza turishi muhim» — 1 ball. 
B. Haftada bir marta» — 3 ball. 
S. «Vaqtim bo`ldi deguncha...» — 2 ball. 

Javoblar
10-16 ball.  
Siz juda serg`ayrat kishisiz. Tinim neligini bilmaysiz. Hamma ishni o`z vaqtida va a`lo darajada bajarasiz. Albatta, bu tahsinga sazovar. Ammo juda mehnatsevarligingiz sabab dam olish haqida unutib qo`ygansiz. Kishining o`ziga vaqt ajratishi, bu yalqovlik emas. Quvvatingiz tugab qolmasdan, o`z vaqtida hordiq chiqarish haqida o`ylab ko`ring. Har kuni ma`lum bir soat yoki daqiqalarni hech bir ish qilmasdan, o`zingizga bag`ishlang. Axir, yaxshi dam — mehnatga hamdam. 
 

17-23 ball. Siz dangasalik ustingizdan hukmronlik o`tkazishiga yo`l qo`yib bergansiz. Ha, tan oling, ishxona yoki uyda ishingiz boshingizdan oshib toshgan bo`lsa-da, ularning birortasiga qo`l yurmasdan vaqtni bekor o`tkazadigan paytlaringiz ham bo`lib turadi-ku! Balkim charchagandirsiz yoki hafsalangiz o`lgandir. Bunday paytlarda ish stolingizga bosh qo`yib o`tirganingizdan yoki divanda bekor yotgandan ko`ra, tabiat qo`ynida yoki shunchaki toza havoda sayr qiling. To`rt devor o`rtasida o`tirsangiz, yalqovlik domiga battar tushib ketasiz. 
 

24-30 ball. Agar shu balni to`plagan bo`lsangiz, demak, hayotingiz yomon ketmayapti. Sizning didingiz juda nozik va ta`sirchan kishi bo`lsangiz kerak. Buning ustiga, erkinlik va qulaylik tarafdorisiz. Tangannig ikkinchi tomoni esa nimgadir erishish uchun ko`p ham chirinmaydiganlar toifasidan ekanligingizni ko`rsatadi. Agar qo`lingizda sehrli tayoqcha bo`lmasa, bilib qo`ying, olma pishib, o`z-o`zidan og`zingizga tushmaydi. Harakat qilgan kishilargagina omad kulib borqadi. Dangasalar esa orzulari bilan so`ppayib qolib ketishlari hech gapmas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!