“Arsenal” Angliya chempioni etakchilarini o`z safiga qo`shib olmoqchi

10:24, 06 iyun

 “Arsenal” jamoasi Angliya chempioni – “Lester” klubi etakchilari Jeymi Vardi va Riyad Mahrezni o`z safiga qo`shib olmoqchi, deb ma`lum qilmoqda The Sun nashri.

London klubi rahbariyati Vardiga avvalroq qiziqish bildirgandi. Hozir esa Mahrez ham ularning asosiy tranfer maqsadi bo`lib turibdi. 

Ma`lmotlarga ko`ra, “tulkilar” rahbariyati Mahrez bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. “Lester” jazoirlik futbolchi uchun haftasiga 75 ming funt to`lashga rozi.  E`tiborli tomoni shundaki, Mahrezning xizmatlariga Evropaning grand jamoalari – “MYu”, “Liverpul”, “Real” va PSJ qiziqish bildirmoqda. 

Eslatib o`tamiz, yakuniga etgan mavsumda Mahrez 39 o`yinda jami 18 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!