Angliya chempioni o`z etakchisiga o`rinbosar topib qo`ydi

10:36, 06 iyun

“Uotford” jamoasi hujumchisi Troy Dini o`z faoliyatini “Lester” klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi The Telegraph. 

Kelishuv shu yilning yozida amalga oshishi va transfer miqdori 15 mln funt bo`lishi rejalashtirilmoqda. “Tulkilar” rahbariyati Dinini klubni tark etishi mumkin bo`lgan Jeymi Vardiga o`rinbosar sifatida ko`rmoqda. O`z navbatida Vardi “Arsenal”ga o`tib kelishi mumkinligi xabar berilgandi.

O`tgan mavsumda “Uotford” hujumchisi 43 o`yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!