Qozog`istonning Aqto`be shahrida terakt yuz berdi

10:37, 06 iyun

Qozog`istonning Aqto`be shahrida 5 iyun kuni terrorchilik harakatlari sodir etildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri

Qozog`istonning Aqto`be shahrida 5 iyun kuni bir guruh jangarilar “Pallada” nomli qurol-aslaha sotish bilan shug`ullanuvchi do`konga hujum uyushtirib, sotuvchi va do`kon qo`riqchisini o`ldirishgan. Ikkinchi do`konga hujum qilinganda bir xaridor halok bo`lgan, ikkinchisi esa yarador bo`lgan. Otishma paytida polisiya tomonidan uch terrorchi yo`q qilingan, biri esa qo`lga olingan. 

Bundan tashqari, jangarilar yo`nalishdagi avtobusni qo`lga olib, harbiy qismga hujum uyushtirishgan. Otishma vaqtida uch harbiy xizmatchi halok bo`lgan, olti kishi yaralangan. Harbiy xizmatchilar hujumni qaytarishga erishgan bir jangari otib o`ldirilgan, biri esa yarador ahvolda qo`lga olingan. 

Jangarilar hujumidan umumiy hisobda 6 kishi halok bo`lgan (ularning 3 nafari harbiy xizmatchilar), 10 kishi yarador bo`lgan (ularning orasida 6 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar polisiyachi bor). Jangarilarning hujumi tufayli shahardagi ko`ngilochar muassasalar yopilgan, jamoat transporti to`xtatilgan. Fuqarolarga uydan chiqmaslik buyrug`i berilgan.

Ayni paytda Aqto`be shahrida internet yo`q, mobil aloqa uzilish bilan ishlamoqda. Ko`chalarda odam kam, jamoat transporti harakati ham chegaralangan, osmonda vertolyotlar uchmoqda. Aqto`be viloyati hokimi Berdibek Saparbaev televidenie orqali viloyat fuqarolariga murojaat qilib, vaziyat nazorat ostidaligini, xotirjamlikni saqlash, vahimaga tushishga hojat yo`qligini, viloyatda antitrerrorchilik tadbirlari o`tkazilayotganini bildirgan va fuqarolarni hushyorlikka chorlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!