O`zbek shou-biznesida yana bir yulduzli juftlik paydo bo`ldimi?

12:13, 06 iyun

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Sherzod Bin va aktrisa Sitora Alimjonovaning birga tushgan suratlari tarqaldi. 

Mazkur suratlar atrofida esa turli mish-mishlar paydo bo`la boshladi. Aksariyat internet foydalanuvchilari Sherzod va Sitorani sevishganlar deb taxmin qilishmoqda. 

“Judayam chiroyli juftlik. Bir-biriga juda mos. Baxtli bo`lishsin” kabi izohlar ko`paygandan ko`paymoqda. 

Ayrimlar esa bu surat xonandalar Oybek va Nigoraning yangi klipidan bir lavha ekanligini ta`kidlamoqda. 

Ma`lumot uchun, Sherzod bin va Sitora Alimjonova Ulug`bek Rahmatullavning “Sog`inib” klipida ilk marta birgalikda suratga tushgan edi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!