Maxim jurnali 2016 yilning eng go`zal ayolini e`lon qildi

12:27, 06 iyun

Maxim jurnalining amerikacha talqini 2016 yilning eng go`zal ayoli deb supermodel Stella Maksvellni tan oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Mashhur supermodel nashrning dunyoning eng go`zallari ro`yxatida etakchilikni qo`lga kiritdi. 25 yoshli, Yangi Zelandiyadan bo`lgan model bu yutuqqa o`zining optimistik fe`l-atvori bilan erishganini, agar biror nimani chin dilingdan istasang, albatta orzungga erishishing mumkinligini aytib o`tdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Stella Maksvell Balmain, Versace, Jeremy Scott, Marc Jacobs, Chloe brendlari kiyimlari namoyishida ishtirok etgan. 2015 yilning aprel oyidan boshlab, u  Victoria’s Secret kompaniyasining yuziga aylangan.

Maxim jurnali erkaklar jurnali bo`lib, dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida chop etiladi, uni 2002 yildan beri Rossiyada Hearst Shkulev Media kompaniyasi tomonidan nashr etiladi.

Amerikaning Victoria's Secret kompaniyasi eng go`zal ayolni aniqlash uchun o`tkazgan tadbirida bu nomga har doimgiday xonanda va aktrisa Jennifer Lopesni loyiq deb topdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!