Hindistonda maymun zargarlik do`konini o`mardi

14:39, 06 iyun

Hindistonda maymun zargarlik do`konini o`mardi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri. 

Maymun zargarlik do`koniga kirib, kassadan 10 ming rupiyni o`g`irlab, qochib ketgan. Kuzatuv kameralari barcha voqeani yozib olgan. Videoda do`kon sotuvchisi maymunni ichkariga kiritmaslik maqsadida unga ovqat taklif qilayotgani aks etgan.

Maymun ovqatga qaramay, do`kon ichiga, to`g`ri kassaga qarab yurgan. Kassadan pulni olgach,  voqea joyidan qochib ketgan. U 10 ming rupiyni o`g`irlashga muvaffaq bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!