Vengriyada go`rkovlar chempionati o`tkazildi

15:13, 06 iyun

Vengriyaning Debresen shahar umumiy qabristonida go`rkovlar chempionati o`tkazildi, deb yozdi “Gazeta.ru” nashri.

Musobaqada ikki kishidan tashkil topgan 18 ta guruh ishtirok etgan. Musobaqa qatnashchilaridan nafaqat tezlikda go`r kavlash, balki qabr tepaliklarining ham chiroyli chiqishi talab qilingan. 

Musobaqa tashkilotchilarining bu tadbirni o`tkazishdan maqsadi, odamlarni go`rkovlik kasbiga qiziqtirish va bu kasbga nisbatan hurmat uyg`otish bo`lgan.

Chempionatda yarim soat ichida qabr qazgan mahalliy go`rkovlar birinchilikni qo`lga kiritgan. Endi ular xalqaro musobaqada Polsha, Slovakiya va Chexiyadan kelgan hamkasblari bilan kuch sinashadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!