Yunusobod tumanida yo`qolgan qiz sog`-salomat holda topildi

10:18, 07 iyun

3 iyun kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida 16 yoshli o`quvchi qiz yo`qolib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Qizning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ham chop etilib, uni izlash ishlari keng ko`lamda olib borildi

“Novosti Uzbekistana” nashrining ma`lum qilishicha, Nigora ismli o`quvchi qiz topilgan. 

Nigora o`qigan 302-maktab o`qituvchilari, ichki ishlar xodimlar, ko`ngillilar, qizning ota-onasi uni Yunusobod tumanidan qidirishdi, hamma joyga xabarnomalar ilindi. Asosiy qidiruv ishlari qizni oxirgi marta ko`rishgan Universam atrofida o`tkazildi. Ammo Nigora umuman boshqa joydan topildi. Otasining aytishicha, butun shahar oyoqqa turib, Nigorani qidirayotgan paytda, u sog`-salomat, Hasanboydagi dugonasining uyida o`tirgan. 

O`sha kuni Nigora dugonasi bilan avvaliga velosipedda uchishgan, keyin kinoteatrga yo`l olishgan. Kinodan chiqib, kafeda o`tirishgan, sayr qilishgan, qisqasi kunni juda ko`ngilli o`tkazishgan. Nigora soatga qaraganda tungi 10 bo`lgan. Dugonasi unga “Kech bo`ldi, uyga borsang, ota-onang urishadi, yaxshisi menikida qol, ertalab ketasan”, deydi. Ertalab esa Nigorani qidirishayotganligi ma`lum bo`lgan. Ikki dugona qo`rqib ketganidan yashirinishga qaror qilib, qo`l telefonlarini o`chirib qo`yishadi.

– Boshimga kulfat tushganda shahrimizda begona odamga ham yordam qo`lini cho`zadigan rahmdil, yaxshi insonlar ko`pligini angladim, – deydi Nigoraning otasi, – Ularga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmayman... Qizimni qidirishda yordam bergan barchaga oilamiz nomidan katta rahmat aytaman. 

Yaxshiyamki, hammasi ijobiy yakun topdi, kechqurun Nigora sog`-salomat uyiga qaytdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 15:05, 07 iyun
soat 10gacha bolani dada kutib o'tirmasdan harakat qilsa o'ladimi. maktab direktiyu kuratorni damdala chiqqandir, suroq beraverib. hee sandaqa oilani