Germaniya hayvonot bog`ida orangutanlar uchun videotanishuv xizmati yo`lga qo`yildi

10:38, 07 iyun

Nemis hayvonot bog`ida orangutanlar uchun videotanishuv xizmati yo`lga qo`yildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bu xizmat orqali ikki orangutan bir-biri bilan tanishgan. Hayvonot bog`i xodimlari avvaliga Konni va Sinti nomli orangutanlarga juft topishga harakat qilishgan. Xodimlar video orqali ularga bo`ydoq orangutanlarni ko`rsatganda, ularning o`zlari juft tanlashgan. Shundan keyin ulardan biri boshqa hayvonot bog`iga ko`chib o`tgan.

“Endi biz ularning o`rtasida muhabbat paydo bo`lgan-bo`lmaganligini aniqlamoqchimiz”, dedi hayvonot bog`i xodimlari.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!