O`zbek olimlari yarani bitkazuvchi vosita ixtiro qilishdi

11:06, 07 iyun

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti olimlari yangi yara bitkazuvchi vosita ixtiro qildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mazkur vosita farmasevtika sanoati, chunonchi etiologiyasi va to`qima patologiyasi har xil bo`lgan yaralarni davolashda tibbiyot amaliyotida qo`llash mumkin bo`lgan davolovchi kompozisiyani olish texnologiyasida foydalanish uchun mo`ljallangan. Uning vazifasi yara bitkazuvchi malham va in`eksiya uchun eritma (mikroimplantat) sifatida qo`llash mumkin bo`lgan, tiklovchi va keng davolovchi (mikroblarga qarshi, yara bitkazuvchi, og`riqsizlantiruvchi) xususiyatlariga ega bo`lgan kollagen asosidagi ko`p maqsadli tarkibga ega bo`lishdan iborat. 

Ushbu ixtiro uchun mualliflar jamoasi - Gulyamov Turgun, Rajabov Otabek, Atajanov Abdullaxat, Turaev Abbasxan va Filatova Albinaga patent berildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!