Yaponiyalik bolakay “Kichkina Bryus Li” nomini oldi(Foto va Video)

14:18, 07 iyun

Yaponiyalik olti yoshli Ryudzi Imai “Kichkina Bryus Li” degan nom oldi, deb xabar berdi “Deti.mail.ru” nashri. 

Bolakay mashhur kinoaktyor, kung-fu ustasi Bryus Li haqidagi filmlarni sevib tomosha qiladi va uning harakatlarini, yuz ifodasini aynan takrorlay oladi. Ryudzining ota-onasi Facebook dagi sahifasiga uning suratlarini muntazam ravishda joylashtirib boradi, YouTube da nunchaklar yordamida mohirona bajargan mashqlari videoroliklarini ham namoyish etishdi. Bu roliklarni ijtimoiy tarmoqning millionlab foydalanuvchilari tomosha qilib, hayratga tushganlari haqida turli izohlar qoldirishgan. 

 

Ryudzi “Ajal o`yini” filmidagi sahnani xuddi Bryus Li kabi takrorlaganligi uchun foydalanuvchilar “Bryus Li qayta dunyoga keldi” degan shubhaga borishdi va uni “Kichkina Li” deb atay boshlashdi. Ryudziga mashq qilishda otasi yordam beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!