Samarqandda avtobus konduktorlari qaytim uchun 100 so`mliklar bilan ta`minlanadi

14:29, 07 iyun

“Samarqandtransmarkazi”da avtobus haydovchilari va konduktorlar bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi, deb yozadi  “Daryo” “Samarkandskiy vestnik” nashriga asoslanib.

 Tashkilot rahbari I. Hamroev boshchiligidagi majlis yakunida qator qarorlar qabul qilindi.

Chunonchi, endi har kuni reysga chiqishdan oldin haydovchi va nazoratchilarning tashqi ko`rinishi tekshiriladi. Har bir haydovchidan yo`lovchilarga xushmuomala munosabatda bo`lish, salonda chekmaslik, jadvalga qarab harakatlanish, yo`lovchilarni qat`iy belgilangan joylar — bekatlarda tushirib-chiqarish haqida tilxat olinadi.

Alohida e`tibor konduktorlarning yoshiga ham qaratildi. O`zbekiston qonunchiligida voyaga etmagan shaxslarni ishga qabul qilish taqiqlanishi tufayli, voyaga etmagan konduktorlarni 18—35 yoshdagi shaxslar bilan almashtirishga qaror qilindi. Shuningdek, yo`lovchilar bilan o`zaro hisob-kitobni amalga oshirish uchun, konduktorlarni 100 so`mlik kupyuralar bilan ta`minlash yuklatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!