Suriyalik qochoq bolalar DAISh terrorchilari uchun harbiy kiyim tikishga jalb etilgani aniqlandi

15:21, 07 iyun

Suriyalik qochoq bolalar Turkiyada DAISh jangarilari uchun harbiy mundirlar tikishga jalb etilgani aniqlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Nashrning xabar berishicha, bolalarga kunlik mehnatlari uchun 40 turk lirasi (14 dollarga yaqin) pul to`langan. Ular tikkan harbiy kiyimlar chegaradan kontrabanda yo`li orqali jangarilarga etkazilgan.

DAISh(“Islom davlati”)ning poytaxti Rakkadan qochgan suriyalik tadbirkor Abu Zokir Turkiyaning chegarasida joylashgan Antakya shahrida kiyim tikish fabrikasini ochgan.

U nafaqat DAISh(“Islom davlati”) terrorchilik guruhining balki “Ahror ash-Shom” va “Jabhat an-Nusra” kabi ekstremistik tashkilotlarning ham buyurtmasini bajargan. Fabrika egasining aytishicha, oddiy fuqarolarga tikilgan kiyimdan ko`ra, harbiylarga tikilgan kiyim ko`proq daromad olib keladi.  

Kiyim uchun mato Stambuldan keltirilgan. Turk to`quvchilik fabrikalari Rossiya va Amerika kamfulyajlari nusxasi tushirilgan matolarni ishlab chiqarishgan. Shu bilan birga AQShda ishlab chiqarilgan “sahro dizayni”ga talab katta bo`lgan. 

Olibsotarlar “Islom davlati” nazorat qilayotgan hududlarga tayyor mahsulotlarni jo`natayotganliklarini tan olishmagan. Ammo tadbirkorning ma`lumot berishicha, barcha tayyor kiyim-kechak jangarilarga pullangan. 

Hozirgi paytda chegarada nazorat kuchaytirilib, bir nechta o`tish punktlari yopilgan. 9-13 yoshli bolalar fabrikada sutkasiga 12 soatlab mehnat qilishgan. Ularning ota-onalari ham bolalari o`qigandan ko`ra, pul topganlaridan mamnun bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!