Qozog`istondagi teraktni uyushtirgan shaxslarning ro`yxati e`lon qilindi

15:46, 07 iyun

Qozog`iston respublikasi huquq-tartibot idoralari Aqto`be shahrida terakt uyushtirgan shaxslarning taxminiy ro`yxatini oshkor qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Bu ro`yxatdan umumiy hisobda 19 kishi o`rin olgan. Ularning aksariyati Aqto`be shahridan bo`lib, 43 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan shaxslardan iboratdir. Hujjatda ta`kidlanishicha, jinoyatchilar qo`shni Qustanay viloyatiga, noqonuniy ravishda Rossiya davlati hududiga ham o`tib ketishlari mumkin. 

Dastavval, Qozog`iston respublikasi IIV ekstremistlar hujum uyushtirgandan keyin 7 kishi qidiruvdaligini, o`tkazilgan antiterroristik operasiya natijasida 13 nafar jinoyatchi yo`q qilinganligini, 4 nafar terrorchi yarador bo`lgani haqida xabar bergan edi. Mazkur fakt yuzasidan 20 dan ortiq jinoyat ish qo`zg`atilgan.

6 iyun kuni Aqto`beda “qizil” (yuqori) darajada terrorchilik xavfi borligi e`lon qilingan bo`lsa, keyinroq “sariq” (o`rta) darajaga tushirildi, unga 40 kunga qadar amal qilinadi.

Kecha shaxsi noma`lum bo`lgan jinoyatchilar Aqto`be shahridagi qurol-yaroq do`koniga va harbiy qismga hujum uyushtirib, do`kondan 17 ta o`q otar qurolni, uchta to`pponchani, patron va pichoqni qo`lga kiritgan.

Ekstremistlar chaqiruv asosida etib kelgan qo`riqlash xizmati xodimlarini va uch nafar polisiyachini otib yarador qilishgan. Ikkinchi savdo do`konida bir xaridorni otib o`ldirishgan. Guruhning boshqa a`zolari avtobusni garovga olib, avtobus yordamida harbiy qism darvozasini buzib kirishgan. Harbiy qismdagi Milliy gvardiya askarlari bilan qurolli to`qnashuv yuzaga kelgan, otishma oqibatida uch harbiy xizmatchi halok bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!