Istanbul markazida ro`y bergan portlash oqibatida 11 kishi halok bo`lgan va 30 kishi yaralangan

17:16, 07 iyun

Ertalab Istanbulning Veznejiler tumanida ro`y bergan portlash oqibatida 11 kishi halok bo`lgan va 30 kishi yaralangan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Noma`lum shaxslar Istanbul universiteti yaqinidagi bekat yonida avtomashinani portlatib yuborgan. Portlash oqibatida halok bo`lgan va yaralanganlarning qaysi davlat fuqarolari ekanligi oshkor etilmagan. Terrorchilarning maqsadi polisiyachilarning avtobusini portlatish bo`lgan. Hozircha bu portlashni hech qaysi tashkilot o`z bo`yniga olmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!