Xitoylik yigitning cho`ntagidagi telefon portlab ketdi

10:04, 08 iyun

Xitoylik yigitning cho`ntagida qo`l telefoni portlab ketganligi bois soni kuyib qoldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea Xubey viloyatining Uxan shahrida ro`y bergan. Chjan ismli yigit ko`chada ketayotganida shimining cho`ntagi qizib ketganligini his qilib, tezda shimini echib, irg`itgan.

Nashrning ma`lumot berishicha, Chjan Samsung SM-G9009W telefonidan foydalangan. Portlash oqibatida telefon parchalanib ketgan, yigitning esa oyog`i kuygan, bundan tashqari shimi ham ilma-teshik bo`lgan.

Jabrlanuvchi jurnalistlarga bergan intervyusida telefonni 2014 yilda bozordan 4 ming yuan (609 dollar) ga sotib olganligini, har safar uzoq gaplashganda qizib ketganligini, ammo bunga e`tibor bermaganligini ma`lum qilgan. Yigit Samsung kompaniyasini sudga berishga qaror qildi.  

Bu voqea Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!