Omborxonasida salkam 1,5 kg “ko`knor” saqlagan shaxs qo`lga olindi

10:41, 08 iyun

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida o`tkazilayotgan «Qoradori-2016» tadbiri davomida 1972 yilda tug`ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaroning hovlisi tekshirilganida, uning omborxonasida bir kilogramm 248 grammdan ortiq miqdoridagi «ko`knor» giyohvand moddasi yashirib qo`yilgani aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!