Rasman: Jampero Ventura – Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi

11:30, 08 iyun

Italiya futbol federasiyasi Evro-2016 turniridan keyin mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketadigan Antonio Kontega o`rinbosar topdi. Italiya termasi bosh murabbiyi Jampero Ventura bo`ladi.

68 yoshli mutaxassisning so`nggi ish joyi “Torino” klubi bo`lgan. Tajribali mutaxassis 2011 yilda u erdan ketgandi.  Ma`lumotlarga ko`ra, Ventura 2,6 mln evroga teng 2 yillik shartnomaga imzo chekkan. 

O`z navbatida Evro-2016 musobaqasi tugagach Antonio Konte “Chelsi”da o`z ishini boshlaydi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!