Eng “yuqumli” insoniy his-tuyg`ular

11:42, 08 iyun

Olimlarning aniqlashicha, faqatgina esnash va kulgi emas, balki boshqa insoniy holatlar ham bir zumda yuqish xususiyatiga ega ekan, deb xabar beradi “Lady.ru” nashri.

Baxt
Insonning his-tuyg`ulari, yuz ifodasi ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan surati orqali boshqalarga ham yuqadi. Facebook tarmog`ida his-tuyg`uga to`la postlarni tahlil qilish maqsadida tadqiqot o`tkazilganda, pozitiv his-tuyg`ular, negativ ko`ra yuqumli ekanligi aniqlangan. Har bir pozitiv post o`rta hisobda yana 1,75 foiz pozitiv post yozilishiga sabab bo`lgan.

Xavotir
Ota-onaning xavotirli xulq-atvori farzandlariga ham o`tadi. Tadqiqot muallifi shuning uchun ham farzandlariga o`tmasligi uchun ota-onalarning asabiy holda yurmasliklarini tavsiya qiladi. “Xavotirning ota-onadan bolaga meros bo`lib qolishining oldini olish mumkin, buning uchun bolaning yoshini hisobga olgan holda ozgina tavakkal qilish imkonini berish lozim”, deydi muallif.

Qo`pollik
Odamlar o`rtasidagi munosabatlarni tadqiq qilgan talabalar, kursdoshlari, ish joyidagi hamkasblarining xulq-atvorini o`rganib, o`qish va ish joyidagi qo`pollik ham yuqumli ekanligini aniqlashdi. Bir marta qo`pollikka duch kelgan odam, beixtiyor uning takrorlanishini kutadi. Bunday kutish odamning boshqalarga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lishiga sabab bo`ladi.

Kulgi
Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq bo`ldiki, kulgi tovushini eshitgan har qanday odamning yuz mushaklari kulgi uchun tayyor holga kelar ekan. “Sen olamga tabassum qilsang, olam senga tabassum bilan boqadi”, degan ibora haqiqatdir. Suhbat jarayonida biz suhbatdoshimizning so`zlaridan, harakatlaridan nusxa ko`chiramiz, shu jumladan bu so`zlar kulgiga ham tegishlidir.

Tavakkalchilik
Boshqalarning tavakkal qilib, hayotini xavf-xatarga qo`yayotganini ko`rgan odam ham bu harakatlarni takrorlashga harakat qiladi. Bunga aksiya bozorini misol qilish mumkin, aksiya qatnashchilaridan biri tavakkal qiladigan bo`lsa, uning ortidan ko`pchilik ergashadi.

Esnash
Hammamizga yaxshi ma`lumki, esnash juda ham yuqumlidir, balki shu jumlalarni o`qiganingizdan esnashni xohlab qolgandirsiz? Agar og`zingizni ochib esnaydigan bo`lsangiz, yoningizdagilarning hammasi esnashga tushadi. Buni esnab, sinab ko`rishingiz mumkin.

Qaltirash
Yoningizdagi odamning qaltirayotganini ko`rib, sovuq qotganingizni his qilasiz. Tadqiqotlar natijasi, issiqdan ko`ra sovuqdan qaltirayotgan odamning holati boshqalarga tezroq yuqishini ko`rsatdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!