“Jabhat-an-Nusra” muqaddas Ramazon oyida ham odam o`ldirishdan to`xtamadi

12:56, 08 iyun

Suriyaning aksariyat hududlarida o`q otishni to`xtatish tartibi o`rnatilgan bo`lsa-da, “Jabhat-an-Nusra” ekstremistik tashkiloti muqaddas Ramazon oyi kirib kelganiga qaramay, hamon Arab respublikasining aholi yashaydigan hududlarini, Latakiya va Aleppo viloyatlarini o`qqa tutmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Alepponing shimoli-sharqida qurollangan harbiylar qo`riqlagan o`q-dori va qurollar ortilgan yuk mashinalari ko`zga chalingan. Mashinalar Turkiya chegarasi tomondan kelib, chegaradan bemalol o`tib, “Islom davlati” terrorchilik guruhi nazorat qilayotgan hudud tomon yo`l olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!