Natalya Vodyanova beshinchi farzandini dunyoga keltirdi

13:00, 08 iyun

Natalya Vodyanovaning katta oilasi yana bir kishiga ko`paydi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri. 

34 yoshli model va “Ochiq yuraklar” xayriya jamg`armasi asoschisi bo`lmish Natalya Vodyanova beshinchi marotaba ona bo`lib, o`g`il farzand ko`rdi. U baxtli voqea haqida o`zining Instagram sahifasida xabar qoldirdi. Natalya turmush o`rtog`i Antuan Arno bilan kelishgan holda bolaga Roman deb ism qo`ydi.

 

“Shanba kuni erta tongda oilamiz yana bitta erkakka ko`paydi. Roman uyga keldi, tevaragini o`rab olgan aka-opalari bilan birga atrof-muhitni anglashga urinyapti. Antuan judayam xursand. Biroz holdan toygan bo`lsam-da, baxtliman, endi yozda dam olish niyatidaman. Azizlarim, meni qo`llab-quvvatlaganingizdan minnatdorman”– deb yozgan Natalya.  

Natalya Vodyanova Antuan Arno bilan birga 14 yoshli Lukasni, 9 yoshli Nevani, 8 yoshli Viktorni, 2 yoshli Maksimni voyaga etkazmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!